Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Dori vositalarini ishlab chiqarayotgan “yashirin sex” faoliyatiga chek qo‘yildi

Dori vositalarini ishlab chiqarayotgan “yashirin sex” faoliyatiga chek qo‘yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Davlatobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.A. va boshqalar Elhon MFY hududidagi uyida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, qalbaki dori vositalarini (“menovazin”, “etiloviy spirt”, “yod” va “brilliantoviy zelyoniy rastvor”) ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, umumiy qiymati 432,2 mln so‘mlik dori vositalari, turli xil yorliq, kukun va uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan R.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:14 27.02.2021. O'qildi: 2024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!