Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Donesk viloyatidagi Krasnogorovka shahri Ukraina armiyasi nazorati ostiga o‘tdi

Donesk viloyatidagi Krasnogorovka shahri Ukraina armiyasi nazorati ostiga o‘tdi

Ukraina qurolli kuchlarining uchinchi alohida hujum brigadasi Rossiya armiyasini Donesk viloyatidagi Krasnogorovka shahridan siqib chiqardi.

Avvalroq Rossiya armiyasi kuchlari Krasnogorovkaning janubi-sharqiy qismiga nakat usulida hujum qilib shaharga kirgan edi.

Harbiylar ta’kidlashicha, qisqa vaqt oralig‘ida istilochilar davomiy mudofaaga tayyorlanishga ulgurgan, ammo qarshiliklarga va og‘ir janglarga qaramasdan, UKQ uchinchi alohida hujum brigadasi Rossiya armiyasiga talafotlar yetkazgan — 100 ga yaqin jangchi halok bo‘lgan va yaralangan.

Brigada xabariga ko‘ra, rossiyaliklar asirga tushishdan bosh tortganidan keyin o‘zlari egallab olgan uylarda yo‘q qilingan.

Kiritildi: 11:29 29.02.2024. O'qildi: 2395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!