Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Donald Trampdan kutilmagan bashorat: "Uch yil ichida AQSh yo‘q bo‘lib ketadi"

Donald Trampdan kutilmagan bashorat: "Uch yil ichida AQSh yo‘q bo‘lib ketadi"

AQShda 2022 yilda Vakillar palatasi uchun va 2024 yilda Prezidentlik saylovi o‘tkazilganidan so‘ng mamlakat o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Xuddi shu fikrlarni AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp "Newsmax" telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Sizni ishontirib aytamanki, uch yildan keyin bizda davlat bo‘lmaydi», deydi Tramp.

Uning aytishicha, Jo Bayden Prezidentlik lavozimiga kirishganidan beri AQShning mavqeyi tushgandan tushib ketmoqda va bunday holat hech qachon kuzatilmagan.

Oldinroq, AQShlik jurnalistlar Bob Vudvord va Robert Kosta Donald Tramp Prezidentlik davrining so‘nggi kunlari haqida «Xavf» nomli kitobni nashrga tayyorlayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Kitobda Oq uyning sobiq rahbari Xitoyga yadroviy zarba berishi mumkinligi haqida yozilgan bo‘lib, Trampni bu fikrdan uning bosh harbiy maslahatchisi, general Mark Milli qaytargan.

Trampning ushbu kitobga munosabat bildirib, hech qachon Xitoyga hujum qilish niyati bo‘lmaganini aytgan

Kiritildi: 17:27 17.09.2021. O'qildi: 4238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!