Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Donald Tramp va Ilon Mask yangi qonunga qarshi chiqdi

A A A
Donald Tramp va Ilon Mask yangi qonunga qarshi chiqdi

Donald Tramp va Ilon Mask AQSh Kongressida Demokratik partiya vakillari tomonidan ilgari surilayotgan "milliarderlar uchun soliq"qa qarshi chiqdi

Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar soliq joriy etilsa, amerikalik milliarderlar boshqa davlatga ketishni afzal ko‘radi. "Men bu mamlakatlarning barchasini dono rahbarlik bilan bilaman va ular Kongressda (AQSh) radikal so‘l manyaklarning qilayotgan ishlaridan mamnun", — dedi u.

O‘z navbatida Mask Twitterda aholining eng badavlat qatlamlari uchun soliq joriy etilishi AQShning 28,9 trillion dollardan oshgan davlat qarzi muammosini hal qilishga yordam bermasligini ta’kidladi. "Barcha milliarderlar uchun hatto 100 foizlik soliqning joriy etilishi bu miqdorni qisman qoplaydi, shuning uchun qolgan mablag‘ oddiy aholidan olinishi aniq", — dedi tadbirkor.

Kiritildi: 20:48 28.10.2021. O'qildi: 3418 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik