Donald Tramp prezidentlik davrida NATOga Sobiq Ittifoq va Rossiya yetakchilari 70 yil davomida keltirgandan ko‘proq zarar berganlikda ayblandi.
AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday fikr bildirdi.
“Tramp 18 oyda Sobiq ittifoq va Rossiya yetakchilari 70 yilda keltirgandan ko‘proq zarar keltirdi. Nega?”, degan Makfol.
AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi “Nega?” deb, Trampning saylanishida Rossiyaning qo‘li borligiga ishora qilgan bo‘lishi e’htimoldan uzoq emas.
Manba: qalampir.uz