AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning yevropalik ittifoqchilari uzoq vaqt davomida Amerikaning harbiy qudratiga tayanib qolganliklari sababli kuchli armiyaga ega emasligini ma’lum qildi.
U bu haqda Las-Vegas atrofida tarafdorlari oldida qilgan chiqishida aytib o‘tdi.
Nutqdan ko‘rinishicha, Amerika yetakchisi NATO mamlakatlarining mudofaa qobiliyatini tanqid qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, eks-prezident Djo Bayden boshchiligidagi avvalgi administrasiya 350 milliard dollarga baholangan juda katta miqdordagi qurol-aslahani tekinga tarqatib yuborgan. U endi vaziyat o‘zgarganini ta’kidladi.
«Men NATOga ular bunday qila olmasliklarini aytdim», — dedi Tramp ittifoqchilarning AQShga suyanib qolish odati haqida gapirib.
U endi Yevropa mamlakatlari pul to‘lashga tayyor ekanini va ularga qurol sotishni niyat qilganini alohida urg‘uladi.