Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Donald Tramp Erondagi harbiy amaliyotlar borasida rasmiy bayonot berdi

Donald Tramp Erondagi harbiy amaliyotlar borasida rasmiy bayonot berdi

Donald Tramp Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlanganini rasman tasdiqladi.

Uning Truth Social tarmog‘idagi videomurojaatidan asosiy iqtiboslar:

  • Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak (Tramp Tehron yadroviy dasturini qayta tiklashga uringanini da’vo qildi).
  • Maqsad — Amerika xalqini yaqinlashib kelayotgan tahdidlardan himoya qilishdir.
  • Eron mintaqadagi Amerika kuchlari va ittifoqchilariga qarshi o‘nlab yillar davomida amalga oshirilgan hujumlar uchun javobgar.
  • AQSh Eronning raketa sanoatini yer bilan yakson qilish va harbiy-dengiz flotini yo‘q qilish niyatida.

Shuningdek, Tramp Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) askarlarini qurollarni tashlashga chaqirib, taslim bo‘lganlarga daxlsizlik, aks holda muqarrar o‘lim va’da qildi. Eronliklarni esa uyda qolishga va zarbalar tugagach hukumatni o‘z qo‘liga olishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 20:14. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!