Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Iste’fodagi amerikalik diplomat Jim Jatrasning fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi operasiya sabab murakkab siyosiy vaziyatda qolgan.

Uning ta’kidlashicha, Oq uy uchun ushbu vaziyatdan “g‘alaba” bilan chiqish muhim, ammo amalda operasiya aniq va erishish mumkin bo‘lgan harbiy maqsadlarga ega emas. Shu bois bu kampaniya prezident uchun kutilgan natijani bermayapti.

Jatrasga ko‘ra, operasiyani oqibatlarini to‘liq hisobga olmasdan boshlash qarori endi Trampning o‘ziga qarshi ishlamoqda.

U shunday xulosa qildi: Tramp g‘alaba e’lon qilib, operasiyadan chiqib ketish imkoniyatiga ega emas, chunki Eron tomoni sulh shartlaridan qoniqmaydi, Isroil esa mojaroni tugatishga tayyor emas.

Kiritildi: 22:04 03.04.2026. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!