Vashington chekkasida AQSh prezidentligiga nomzod, Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Trampning saylovoldi shtab-kvartirasini talon-toroj qilishdi. Bu haqda lenta.ru xabar berdi.
Loudun okrugi sherif idorasiga ko‘ra, yakshanba kuni bir kishi Tramp saylovoldi tashviqoti ofisiga bostirib kirgan. Polisiya tarqatgan videolarda bosqinchi ofisda topilgan narsalarni ryukzakka solib qo‘ygani aks etgan. Yakshanba kuni kechqurun polisiyaga bostirib kirish haqida xabar berilgan.
Loudun okrugi sherifi Mayk Chapmanning so‘zlariga ko‘ra, «har qanday siyosiy kampaniya yoki partiya idorasiga buzib kirish kamdan-kam uchraydi». Uning qo‘shimcha qilishicha, polisiya «gumonlanuvchining shaxsini aniqlashga» va o‘g‘irlangan narsalar ro‘yxatini tuzishga qaror qilgan.