Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Dominikanlik erkak 24 kunni ochiq dengizda ovqatsiz o‘tkazdi

Dominikanlik erkak 24 kunni ochiq dengizda ovqatsiz o‘tkazdi

Fransua ismli kishi 2022 yil dekabr oyida Karib dengizidagi Sen-Marten orolida yelkanli qayiqni ta’mirlayotgan edi. To‘satdan ob-havo yomonlashdi va bo‘ronli suv uni dengizga olib chiqdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u ochiq dengizda qolib ketgan vaqtda oldidan boshqa qayiqlar tez-tez suzib o‘tgan, ammo hech kim uning yordam signallarini payqamagan.

Unga faqat samolyot yordam bera olgan, uchuvchi Kolumbiya dengiz flotiga xabar bergan.

Fransuaning yonida faqat bir shisha ketchup, sarimsoq kukuni va bulyon bo‘lgan.

Kiritildi: 17:24 20.01.2023. O'qildi: 2721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!