Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Domeniko Tedesko – Belgiya bosh murabbiyi!

Domeniko Tedesko – Belgiya bosh murabbiyi!

Belgiya futbol assosiasiyasi milliy jamoaning yangi bosh murabbiyini e’lon qildi.

Qirollik futbol assosiasiyasi xabariga ko‘ra, Domeniko Tedesko milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Germaniya fuqarosi sanalmish italyan-nemis mutaxassisi bilan Yevropa chempionati-2024 yakunigacha shartnoma imzolangan. U JCH-2022dan keyin iste’foga chiqarilgan Roberto Martines o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Domeniko Tedesko bungacha Moskvaning «Spartak», «Shalke-04» va «RB Leypsig» klublarni boshqargan edi. Belgiya milliy jamoasini boshqarish uchun Tedeskodan tashqari, Yoaxim Lyov va Andre Villash-Boash nomzodi ham bor edi.

Kiritildi: 23:58 08.02.2023. O'qildi: 2272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!