Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dollar kursi sentyabr oxirida qancha bo‘ladi?

Dollar kursi sentyabr oxirida qancha bo‘ladi?

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati sentyabr oyining oxiriga qadar O‘zbekistonda dollar kursi 7600-7800 so‘m darajasida bo‘lishiga ishonmoqda. Bu Markaziy bankning «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va korxonalarining inflyasion kutilmalari» hisobotida aytiladi.

Yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan so‘rovda 750ta jismoniy va 300ta yuridik shaxs qatnashdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, «7600-7800 so‘m» variantini eng ko‘p jismoniy shaxslar (30 foiz) va yuridik shaxslar (40 foiz) tanlagan. Biroz kamroq respondentlar «7800 - 8000 so‘m» variantini tanladi - mos ravishda ularning soni 29% va 38% bo‘ldi.

Dollar kursi 8000 so‘mdan ortiq bo‘lishini jismoniy shaxslarning 15% va yuridik shaxslarning 10%i taxmin qilmoqda.

To‘rtinchi chorakning oxiriga kelib (dekabr oyi oxiri), dollar kursi bo‘yicha kutilmalar bir-biriga o‘xshash bo‘ldi - jismoniy shaxslarning 29 foizi va yuridik shaxslarning 32 foizi yil oxirida dollar 7,6 ming so‘mdan past bo‘lishiga ishonmoqda. Bu eng yuqori ko‘rsatkichdir.

So‘ralganlarning biroz kamrog‘i «7600 - 7800 so‘m» variantini tanladi - mos ravishda 23% va 31%.

Sentyabr oyidagidek bo‘lgani kabi, yil oxiriga borib, dollar 8000 so‘mdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lishiga unchalik ishonishmayapti - jismoniy shaxslarning atigi 19 foizi va yuridik shaxslarning 13 foizi shunday tanlovni amalga oshirgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 12:00 21.07.2018. O'qildi: 2769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!