Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dog‘istonda noma’lum shaxslar pravoslav cherkovi va sinagogani o‘qqa tutdi

Dog‘istonda noma’lum shaxslar pravoslav cherkovi va sinagogani o‘qqa tutdi

Mahalliy matbuotga ko‘ra, ular polisiya mashinalariga ham o‘q uzgan. Otishma Derbent shahrida sodir etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videotasvirlarda sinagoga yonayotganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, Dog‘iston poytaxti Maxachqal’ada ham otishma sodir bo‘lgan. Unda noma’lum shaxslar yo‘l-patrul xizmati postiga qarata o‘q uzgan.

Ayrim manbalar Maxachqal’a va Derbent o‘rtasidagi masofa taxminan 130 km.ni tashkil qilishi va ehtimol ikkala otishmada ham bir guruhning a’zolari bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.

Derbentda bir ruhoniy va bir soqchining, Maxachqal’ada esa bir polisiyachi halok bo‘lgani aytilmoqda. Yaralanganlar ham bor.

Maxachqal’ada polisiyaga hujum qilganlarning ikki nafari otib o‘ldirilgan.

Kiritildi: 22:40 23.06.2024. O'qildi: 1433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!