Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Dog‘iston Eronga 150 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi

Dog‘iston Eronga 150 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi

Dog‘istondan Eronga umumiy og‘irligi 150 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natildi. Yuk tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar bor. Bu haqda respublika rahbari Sergey Melikov ma’lum qildi.

Eronda insonparvarlik yuki Qizil Yarim Oy jamiyatiga topshiriladi, u insonparvarlik yukini kam ta’minlangan va muhtoj oilalarga yetkazib beradi.

"Yordam kerak bo‘lgan joyda birinchilardan bo‘lib yurtdoshlarimiz paydo bo‘lishidan doimo faxrlanaman. Shuning uchun ham qo‘shnimizning uyida tashvish bo‘lsa, unga qo‘l cho‘zamiz. Eron bizning ishonchli do‘stimiz va hamkorimiz biz juda ko‘p sohalarda hamkorlik qilmoqdamiz, - dedi Dog‘iston rahbari Sergey Melikov.

Yordam tarkibidan asosan birinchi ehtiyoj tovarlari. Uni jamlashda mahalliy jamoat tashkilotlari, xayriya fondlari va “Qizil xoch” fondi ishtirok etgan.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!