Rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning sobiq kelini Diyora Usmonova yaqin kunlarda kitob yozishni boshlagani to‘g‘risida ma’lum qildi. U instagramdagi sahifasida bu haqda shunday yozgan:
Qadimgi ajoyib zamonlarda kitoblarni yozuvchilar yozar edi va uni hamma o‘qirdi. Endi esa hamma kitob yozmoqda, ammo hech kim o‘qimayapti. (Mana, yaqinda men ham kitob yozishni boshladim) . ?❤️❤️❤️
Diyora Usmonova yozayotgan kitobining aynan nima haqda ekanini ochiqlamagan. Ammo, aytish mumkinki, u yoshlik yillaridan she’riyatga qiziqad va doimiy tarzda o‘z sahifasiga muhabbat hamda insoniy tuyg‘ular aks etgan go‘zal misralarni joylab boradi. Ushbu ma’lumotga asoslanib Diyora Usmonova yozayotgan kitobning mazmuni va yo‘nalishini taxmin qilish mumkin.