Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Diqqat! Toshkent metrosida jetondan foydalanish muddati uzaytirildi

Diqqat! Toshkent metrosida jetondan foydalanish muddati uzaytirildi

«Toshshahartransxizmat» matbuot xizmatining xabar berishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida maxsus (temir) jetonlardan foydalanish 2021 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

Poytaxtda jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish doirasida yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirishi ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida yagona transport kartasidan foydalanish mumkinligi ham ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, «Toshshahartransxizmat» tomonidan qabul qilingan tegishli buyruq faqatgina avtobuslarga taalluqli, metropoliten faoliyatiga tegishli emas.

Kiritildi: 16:19 31.10.2020. O'qildi: 1872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!