Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Diqqat! Surxondaryoda Qrim-Kongo gemmoragik isitma tufayli homilador ayol vafot etdi

Diqqat! Surxondaryoda Qrim-Kongo gemmoragik isitma tufayli homilador ayol vafot etdi

Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi Boysun tumanida homilador ayolning vafot etganligi yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bordi va quyidagilarni ma’lum qildi. 

Surxondaryo viloyati Boysun tumani Omonxona qishlog‘ida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan Z.X. 2019 yil 13 may kuni Boysun tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksi ginekologiya bo‘limiga yotqizilgan. 16 may kuni bemor ahvoli og‘irlashgandan so‘ng tug‘ruq kompleksining jonlantirish bo‘limiga o‘tkaziladi. 17 may kuni esa bemorda burundan qon ketish alomatlari boshlangach, viloyat maslahat guruhining gematolog va LOR shifokorlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, «Homiladorlik 17 haftalik, burundan qon ketishi, D.V.S gipokogulyasiya bosqichi» tashxisi qo‘yilgan. Bundan tashqari, shifoxona nevrologi va tor mutaxassislar tomonidan konsultasiya qilingan.

Bemorga 18 may kuni intensiv muolajalar hamda 1,5 litr qon zardobi va 500 ml.eritrositar massa quyilgan. Bemor 19 may kuni «O‘tkir yurak yetishmovchiligi, DVS sindromi» natijasida vafot etgan. Bemorda qon ketish alomatlari va in’eksiya qilingan joylarda qon talashlar bo‘lganligini inobatga olib, patologoanatomik bo‘limda murdadan arboviruslarga tekshirish uchun qon namunasi olingan. Qashqadaryo viloyat DSENMning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni tekshirish laboratoriyasiga yuborilgan qon namunalari tekshirilganda Qrim-Kongogemmoragik isitma kasalligi alomatlari aniqlangan.

Mazkur kasallikning yuqish xavfi yuqoriligi bois viloyat DSENM boshqarmasi mutaxassislaridan iborat guruh tegishli me’yoriy hujjatlar asosida kasallik o‘chog‘ida to‘liq muolajalar va parvarish ishlari amalga oshirildi. Marhum bemorning oila a’zolari va u bilan muloqotda bo‘lganlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ularga Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi yuqmaganligi aniqlandi.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, har yili bahor va  yoz mavsumida ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgani kabi  yurtimizda ham ayrim holatlarda ushbu kasallik uchrab turadi. Agar kasallik vaqtida aniqlansa, davolash mumkin. Shu sababli xavotirga o‘rin yo‘q. Fursatdan foydalanib, aholidan sanitariya qoidalariga qa’tiy rioya etish, jumladan, chorva parvarishida ehtiyot choralarini ko‘rish, kanalarni qo‘lda o‘ldirmaslik, agar tanada isitma paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorkorga murojaat etishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan mamlakatimizda aholi o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligini oldini olish bo‘yicha samarali profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu  tadbirlar  qat’iy nazoratga olingan.

Kiritildi: 13:55 23.05.2019. O'qildi: 3084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!