FVV axborot xizmati haydovchilarni 22 yanvar kuni Qamchiq dovonida qor yog‘ishi xavfidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, ko‘ruvchanlik 50 metrgacha yomonlashishi, shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi mumkin.
Shu bois vazirlik mazkur yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.