Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Diplomatiya universiteti talabasi bosim tufayli o‘zini osganmidi?

Diplomatiya universiteti talabasi bosim tufayli o‘zini osganmidi?

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar bo‘limining 23 yoshli 4 kurs talabasi Yunusobod 12-dahasidagi jamoat joyda arqonga osig‘liq holatda topildi.

SH.M.ning jasadi 15 yanvar kuni ertalab taxminan 7.50 da Yunusobod 12-daha odamlar o‘tadigan yo‘lakdagi daraxtlarning birida osig‘liq holatda topilgan.

Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, SH.M.ning tanasida zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmagan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, yigit sirtmoq orqali nafas olish yo‘llari bo‘g‘ib qo‘yilishi - mexanik asfiksiya tufayli vafot etgan.

SH.M. nima sababdan o‘zini osgani hozircha aniqlanmagan.

Prokuratura ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

Turli OAVlarda talabaning o‘zini osishiga NBlari ko‘payib ketganligi uchun kursni boshqatdan o‘qiysan, degan sabab ko‘rsatilgan edi. UZ24 universitet bilan ushbu hodisaga aniqlik kiritish maqsadida bog‘landi.

JIDU vakillari talabani qattiq bosim ostida bo‘lganligini rad etdi. U muntazam ravishda darslarda qatnashib kelganligini va tartibli talaba ekanligi aytdi.

Shuningdek, SH.M. o‘qish-kontrakt to‘lovini 50 foizini to‘lab qo‘ygan bo‘lgan.

U darslardan so‘ng ingliz tili va koreys tillarida qo‘shimcha darslar o‘tgan. Hodisadan bir kun oldin do‘stlariga qarindoshinikiga ketishini va u yerda qolishini bildirgan. Ushbu voqeadan keyin aniqlashtirilishicha, uning Toshkent shahrida qarindoshlari bo‘lmagan.

SH.M. universitet tomonidan o‘tkazilgan psixologik so‘rovnomalarda qatnashgan va o‘zini mas’uliyatli, kuchli va javobgar hisli inson sifatida ko‘rsatgan.

Hozirda hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:30 18.01.2019. O'qildi: 3393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!