Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelgan diplomat Antananarivodagi o‘z uyida o‘lik holda topildi. Tergov natijalari oshkor qilinmadi, ammo mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari gumondorni qo‘lga oldilar. Bu haqda Davlat departamentining matbuot xizmati rahbari Xezer Nauert o‘z bayonotida bildirdi.
“Biz shuni afsus bilan ta’kidlaymizki, Davlat departamenti mutasaddisi haqiqatan 21 sentyabr juma kuni uyida o‘lik holda topilgan", deydi u.