Bollivudning taniqli aktrisasi Dipika Padukoneda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Aktrisa ayni vaqtda oilasi bilan Hindistonning Bangalor shahrida ekani aytilmoqda.
Dipikaning otasi, taniqli sportchi Prakash Padukone 4 may kuni yuqori tana harorati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shundan keyin Dipika bilan birga uning onasi va singlisida ham virus mavjud ekani aniqlangan.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Hindistonda koronavirus pandemiyasining to‘rtinchi to‘lqini boshlangan. O‘tgan sutka davomida mamlakatda 382 mingdan ortiq bemor aniqlangan bo‘lsa, 3780 nafar odam virus tufayli hayot bilan vidolashgan.