Diniy mazmundagi materiallarni tekshirish uchun maxsus “Din.uz bot” Telegram chat-boti ishga tushirildi. Loyiha Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan.
Bot orqali fuqarolar diniy adabiyotlar, ijtimoiy tarmoqlardagi profillar, ayrim shaxs va tashkilotlar faoliyatining qonunchilikka muvofiq yoki taqiqlanganini tekshirishi mumkin.
Shuningdek, tizimda taqiqlangan profillar va tashkilotlar ro‘yxati, Umra lisenziyasiga ega turfirmalar, rasmiy diniy sayt va kanallar, huquqiy hujjatlar ham joylashtirilgan.