Bu haqda xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida aytib o‘tdi. U Rim papasi Fransiskga mukofot uchun minnatdorchilik bildirib, uzoq umr tiladi.
Aytgancha, 23-sentyabr kuni Dimash Olmaotada ilk bor yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. “Begona” shousi Qozog‘istondagi eng yirik sport majmualaridan biri – markaziy stadionda bo‘lib o‘tadi.
17-sentyabr kuni Dimash Kudaybergen Gennadiy Golovkinning taklifiga binoan Las-Vegasda Kanelo bilan jang boshlanishidan oldin Qozog‘iston madhiyasini ijro etadi.