Discovery» do‘konida bo‘lib o‘tgan taqdimotga ommaviy axborot vositalari xodimlari, xonandaning ijodiy hamkorlari, fan klubi va ashaddiy muxlislari tashrif buyurishdi.
Albom taqdimoti avvalida Dilso‘z barcha tashrif buyurgan mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. So‘ng muxlislar o‘rtasida kichik tanlovlar o‘tkazildi. Xonandaning ijodiga oid bo‘lgan savollarga to‘g‘ri javob bergan tanlov ishtirokchilari sevimli xonandasining qo‘lidan esdalik sovg‘alarini qabul qilib olishdi. Tadbir davomida Dilso‘z jonli ijroda «Sog‘indim» taronasini kuylab berdi.
Yangi albomdan 18 ta qo‘shiq va bonus sifatida bir nechta xit kompozisiyalar o‘rin olgan. Jumladan, Ozodbek Nazarbekov, Sinan Ozen, Sherzodbek va Farruh Raimovlar bilan hamkorlikda kuylangan duetlar ham yangi albomga kiritilgan. Shu bilan birga, Dilso‘z kliplar to‘plamini ham taqdim qildi. Unda xonandaning 25 ta videoklipi o‘rin olgan.
Manba: myday. uz