Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Devid Bekxem «Real» va «Manchester Yunayted»ni o‘zaro solishtirdi

Devid Bekxem «Real» va «Manchester Yunayted»ni o‘zaro solishtirdi

Angliyalik sobiq yarim himoyachi Devid Bekxem o‘zining ikki sobiq klubi — Madridning «Real» va «Manchester Yunayted» jamoalarini o‘zaro solishtirdi.

Mashhur ingliz futbolchisi faoliyatining birinchi yarmida «qizil iblislar» safida to‘p surgan, shundan so‘ng «qaymoqranglilar» safiga borib qo‘shilgan edi.

«Real» — bu mahluq-klub bo‘lib, u yerda sen darhol o‘zingga nisbatan bo‘layotgan kuchli bosimni his qilasan. «Real» bilan shartnoma imzolashdagi tuyg‘ularni boshqa klublarga o‘tganimdagi hissiyotlar bilan aslo solishtirib bo‘lmaydi. Shubhasiz, men Manchesterda ulg‘ayganim sababli, «Yunayted» men uchun dunyoning eng yirik klublaridan biri, balki eng buyugi bo‘lib qolaveradi. Lekin men buni «Manchester Yunayted» muxlisi sifatida aytyapman. «Real»da esa hamma narsa boshqacha seziladi — stadionga qadam qo‘yishing bilan aql bovar qilmas hissiyotlarni tuyasan. Menga bu bosim yoqardi», — deya sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Devid Bekxem Madrid grandi sharafini to‘rt yil davomida — 2003 yildan 2007 yilgacha himoya qilgan.

Kiritildi: Bugun 15:38. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!