Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Depayning agenti futbolchi Dani Alves uchun garov pulini to‘lagani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Depayning agenti futbolchi Dani Alves uchun garov pulini to‘lagani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

“Atletiko” klubining gollandiyalik hujumchisi Memfis Depayning agenti Sebastyan Ledure futbolchi “Barselona”ning sobiq himoyachisi Dani Alvesning 1 million yevro garov evaziga qamoqdan chiqishiga yordam bergani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“Bu soxta xabar. Bu haqiqatdan yiroq”, — deb Memfis Depay agentining so‘zlarini keltirmoqda Goal nashri.

Avvalroq Alves bank hisoblari muzlatilganligi sababli garov pulini to‘lay olmagani xabar qilingandi. Depay braziliyalik futbolchi bilan 2021—2022 yilgi mavsumda “Barselona” safida birgalikdagi o‘yinlari paytida do‘st bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Alves Barselonadagi Sutton tungi klubida bir qizni zo‘rlaganlikda ayblangan edi. 20 yanvar kuni sobiq futbolchi hibsga olindi. Keyinchalik braziliyalik futbolchi 4,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va jabrlanuvchiga ma’naviy tovon sifatida 150 ming evro to‘lashi belgilandi.

Kiritildi: 10:44 28.03.2024. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!