United Airlines aviakompaniyasining samolyoti quyon dvigatellardan biriga kirib qolgach, Karolina shtatining Denver shahriga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Bu haqda ABC News telekanali xabar bermoqda.
Boeing 737-800 Denver – Edmonton yo‘nalishida harakatlanayotgan edi. Samolyot bortida 153 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, samolyot dvigatellaridan birida yong‘in boshlangan.
Samolyot Denver xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Jabrlanganlar yo‘q, yo‘lovchilar boshqa samolyotda Edmontonga yetkazilgan.
AQSh Federal Aviasiya boshqarmasi tergov boshladi. Departamentning aniqlik kiritishicha, United Airlines samolyoti bilan sodir bo‘lgan voqea quyonning turbinaga tushishi bilan bog‘liq to‘rtinchi hujjatlashtirilgan hodisadir.