Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Denovda kirakash birovning omonat pullarini yeb yubordi

A A A
Denovda kirakash birovning omonat pullarini yeb yubordi

Denov tumanida 2021 yilning 21 iyun kuni Denov tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yilning 15 aprel kuni tumanning “Bobur” mahallasida yashovchi, X.Azizjon o‘zining boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasi bilan Angor tumanida yashovchi, Alisher ismli shaxsdan tumanning “Bog‘i eram” mahallasida yashovchi, I.Maxmudga 9.370.000 (to‘qqiz million uch yuz yetmish ming) so‘m pullarini olib borib berishni va’da qilib, ushbu pullarni olganligini va o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 21 iyun kuni X.Azizjonga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Va’daga vafo qilmagan haydovchi o‘zgalarning ishonchiga kirib, ularning moddiy boyliklarni o‘zlashtirib ketganligi bo‘yicha, endilikda qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 09:10 08.07.2021. O'qildi: 2487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik