Assalomu alaykum, ustoz. Demokratiya islomdanmi?
Islomda hukm asosi shuro-mashvaratdir. Chunki Alloh taolo: "Ishlari o‘zaro shuro ila bo‘lgan", deya mo‘minlarni tavsiflasa, ("Shuro" surasi, 38-oyat) Payg‘ambariga: "Va ular bilan ishlarda mashvarat qil" ("Oli-Imron" surasi, 159-oyat), deya amr etadi. Islom shuroning vojib ekanini bayon etsada, uning yo‘lini aniq belgilab bermagan. Chunki u zamon, makon va jamiyat, hamda kimlar mashvarat ahli bo‘lishiga qarab farqlanadi. Bunda fikr va ijtihodga imkon qolishi uchun shariat uning yo‘l va uslublarini qat’iy belgilamadi. Demokratiya ham shuro nizomining bir turidir. Ammo shuro diyonat va axloqqa asoslangani uchun demokratiyadan ko‘ra yetuk va mukammaldir.
Yanada Alloh bilguvchiroq.
Mubashshir Ahmad,