Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Davlatdan hafsalasi pir bo‘lgan deputat: "Fikrimni eshitishlari uchun nimanidir hal qila olmadim..."

Davlatdan hafsalasi pir bo‘lgan deputat: "Fikrimni eshitishlari uchun nimanidir hal qila olmadim..."

Qirg‘iziston Sosial-demokratik partiyasining Bishkek shahar kengashidagi fraksiyasi yetakchisi Ermek Usubaliyev o‘z vakolatini topshirdi. Bunga esa uning kasallikni boshidan o‘tkazgani sabab bo‘ldi.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, u davolanmoqchi bo‘lganida qiyinchiliklarga duch kelgan. Usubaliyev pandemiya Qirg‘izistondagi real holatni ko‘rsatib berdi degan fikrda. «Hech kimni koyimoqchi yoki urishmoqchi emasman, lekin vaziyat qanday darajada ekanligimizni ko‘rsatdi. Biz 25 yil ichida davlatni yo‘q qildik va buni hamma ko‘rib turibdi. 5-6 ming so‘m (65-75 AQSh dollari) oylik oladigan sho‘rlik, oddiy odamlar vaziyatni o‘zlari qutqaryapti – bir-birlariga yordam beryapti. Bu sharmandali va uyat!» – dedi u.

Ermek Usubaliyev o‘zida ham ayb borligini tan oldi: «Fikrimni eshitishlari uchun nimanidir hal qila olmadim. Odamlarni, hokimlikni va hokazolarni ishontira olmadim. Mening ham aybim bor. Balki mendan keyin keladigan urinib ko‘rar», – dedi endilikda sobiq deputat.

Kiritildi: 17:39 18.07.2020. O'qildi: 4596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!