Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi

Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi

“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (847-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko‘ra, 5 turdagi davlat xizmatlari proaktiv tarzda hamda 6 turdagi davlat xizmatlari kompozit tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda.

📌Bunda:

✅ Quyidagi davlat xizmatlarini proaktiv tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda:

🔹 elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish;

🔹 tabiiy gazni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish;

🔹 ichimlik suvini hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish;

🔹 issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish;

🔹 xususiy bandlik agentliklarini Xususiy bandlik agentliklarining reestriga kiritish.

❕Proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz vakolatli organlar tashabbusi bilan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari.

☑️ Shuningdek, quyidagi davlat xizmatlarini kompozit tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda:

🔸ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ushbu manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish;

🔸 ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish va ushbu manzilga vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish;

🔸 davlatga tegishli bino yoki inshootni bir yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔸 “E-auksion” elektron savdo platformasida ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔸 tibbiy faoliyat uchun lisenziya bilan birga rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olish;

🔸 xavfli yuklarni tashish uchun sig‘imlarning yaroqliligi to‘g‘risida xulosa bilan birga yadroviy va radioaktiv materiallar, radiasiya manbalari, radioaktiv chiqindilar va qurilmalarni tashish shartlari va usullarining sanitariya qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish.

❕Kompozit davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning bitta murojaati asosida vakolatli organlar tomonidan ko‘rsatiladigan ikki va undan ortiq davlat xizmatlari majmuasi.

📋Bundan tashqari, quyidagi 2 turdagi ruxsat etish xususiyatiga ega davlat xizmatlarini ko‘rsatish pasportlari tasdiqlandi:

➖maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallar polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini (BAD) olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma;

➖madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olish.

📝 Quyidagi 3 turdagi faoliyat turlarini xabardor etishni nazarda tutuvchi davlat xizmatlarini ko‘rsatish pasportlari tasdiqlandi:

▪️bojxona brokeri faoliyati;

▪️xalqaro kur’erlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyat;

▪️nodavlat arxivlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat.

⚠️Shu munosabat bilan, belgilangan nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etishga doir ortiqcha tartiblar bekor qilindi.

Kiritildi: Bugun 01:13. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!