Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Davlat xaridlarida 28 mingdan ortiq qonunbuzilish aniqlandi

Davlat xaridlarida 28 mingdan ortiq qonunbuzilish aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yilda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarda 28 300 dan ortiq raqobatga zid holatlar aniqlangan.

📊 Jami 18,8 trln so‘mlik 23 mingdan ortiq xarid jarayoni o‘rganilgan.

Aniqlangan holatlar orasida:
➖ 16 017 ta — savdolar tartibini buzish;
➖ 8 647 ta — ayrim ishtirokchilarga imtiyozli sharoit yaratish;
➖ 801 ta — ishtirokchilarni asossiz chetlashtirish;
➖ 1 145 ta — ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish;
➖ 685 ta — ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik holatlari.

Qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:02. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!