Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Davlat soliq qo‘mitasi soliq.uz sayti faoliyatidagi uzilish haqidagi noxolis xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi

Davlat soliq qo‘mitasi soliq.uz sayti faoliyatidagi uzilish haqidagi noxolis xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi

Ayni paytda Davlat soliq qo‘mitasining barcha axborot xizmatlari odatdagi tartibda ishlamoqda.

Saytning qisqa muddat davomida ishlamasligiga saytda joylashtirilgan serverning operasion tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, sayt axborot xarakteriga ega bo‘lib, faqat ochiq ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va soliq to‘lovchilarni Davlat soliq qo‘mitasi strukturasi va faoliyati bilan tanishtirishga xizmat qiladi.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqish holatlari kuzatilmagan.

Foydalanuvchilardan faqat rasmiy va tasdiqlangan ma’lumotlarga ishonishlarini so‘raymiz.

Kiritildi: 21:50 21.08.2022. O'qildi: 2747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!