AQSh Davlat departamenti Livandagi amerikaliklarni Isroil va Livandagi Hizbulloh harakati o‘rtasidagi mojaro rivojlanishi sababli imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishga chaqirdi . Bu haqda rasmiy bayonotda aytiladi .
«Hizbulloh va Isroil o‘rtasidagi davom etayotgan mojaroning oldindan aytib bo‘lmaydigan tabiati va yaqinda butun Livan, jumladan , Bayrutdagi portlashlar tufayli AQSh elchixonasi AQSh fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirmoqda », — deyiladi bayonotda.
Davlat departamentining qo‘shimcha qilishicha, vaziyat yomonlashgani sababli Livandan uchadigan reyslar soni sezilarli darajada kamaydi. Tez orada AQSh fuqarolari mamlakatdan umuman ucha olmasligi ehtimoli bor.