Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Davlat byudjeti ochiqligining zarurati nimada?

A A A
Davlat byudjeti ochiqligining zarurati nimada?
Ochiqlik va oshkoralik. Shaffoflik. So‘nggi ikki yil ichida bu tamoyillar O‘zbekistonda olib borilayotgan xalqchil siyosatning asosiga aylandi... 
 
Bu tezkor jarayonda turli sohalar va davlat idoralari o‘z faoliyatlarini xalq bilan muhokama qilib, yurtdoshlarimizning fikrlari asosida shakllantirayotganining guvohimiz. Qonun, kodeks, qarorlar bo‘ladimi, undagi masalalar, yangiligu-o‘zgarishlar obdon xalq elagidan o‘tib, foyda va ziyoni hisob kitob qilinib, tarozining pallasi kerak, degan tomonga bosgandagina qabul qilishga qaror qilinmoqda. Nega? Sababi oddiy. Barcha ishimiz ochiq va oshkora bo‘lgandagina bizga, qilayotgan ishimizga ishonch paydo bo‘ladi. Korrupsiyaning oldi olinadi. Xorijdagi hamkor bo‘laman degan sarmoyadorlar ham hech ikkilanmay biz bilan aloqa o‘rnatishga harakat qiladi. 
 
Bunday ochiqlik va shaffoflik moliyaviy masalalarda bo‘lsa, avvalo, davlatning pulini qayerga va qay maqsadda sarflanayotgani-yu, uning hisobiga bajarilgan ishlarning sifati haqida xabardor bo‘lib borish imkoni tug‘iladi. Buni oddiy til bilan aytganda, xalq nazorati deyiladi. Birgina davlat byudjetini olaylik. Yashirib nima qildik. Avvallari uning ochiqligi, daromadlar va xarajatlarning aniq-tiniq harakati haqida hattoki parlamentda o‘tirganlar ham batafsil qiziqmasdi. Jamoatchilik esa bundan mutlaqo bexabar edi. Davlatniki u yoqda tursin, mahalliy byudjetlarning mablag‘lari qayerga, nimaga sarflanayotganini bilmasdik. Alal-oqibat bu yashirin amaliyot byudjet mablag‘larini sarflanishida korrupsiya holatlariga ham yo‘l ochib bergani ko‘pchilik uchun sir emas. Xorijdagi investorlar esa byudjetimizning kirdi-chiqdisi haqida ma’lumot ololmagandan iqtisodiyotimizning barqarorligiga shubha bilan qarab kelardi. Oqibatda sarmoya kiritishga ko‘pam shoshilmasdi. 
 
Shu bois ham, Davlat rahbari mazkur muammolarni to‘liq bartaraf etish maqsadida “Byudjet ma’lumotlarini ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Navbatdagi sharhimiz ana shu haqida. 
 

 

 
Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil 
multimedia markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi
Manba: uza.uz
Kiritildi: 22:00 23.08.2018. O'qildi: 1548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik