Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Davlat byudjeti hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati ishlab chiqildi

Davlat byudjeti hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati ishlab chiqildi

“Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi idoralararo qaror loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlandi.

Hujjatga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati ilova qilingan.

1. Yurak qon tomir kasalliklari: Tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsoni bor va qon aylanishi buzilishi  kuzatilgan; barcha turdagi kardiomiopatiyalar; yurak ritmi buzilishi bilan miokardit va endokarditlar; yurakda rekonstruktiv jarrohlikdan so‘nggi holatlar.

2. Nafas sistemasi kasalliklari: nafas yetishmovchiligini II-III darajasi bilan asoratlangan o‘pka kasalliklari; bronxial astma og‘ir shakllari

3. Jigar kasalliklari: jigar sirrozi; faol davridagi surunkali gepatitlar “S”, “D”, “V”.

4. Qandli diabet kasalligi.

5. Toksik buqoq kasalligining dekompensasiya bosqichi yurak ritmi buzilishi bilan: tireotoksikoz, diffuz toksik buqoq III darajasi.

6. Buyrak kasalliklari: yagona  buyrak; ikkilamchi burishgan buyrak kasalligi; glomerulonefrit; surunkali buyrak yetishmovchiligi; nefrostoma qo‘yilgan xomilador ayollar.

7. O‘ta og‘ir akusherlik anamnezi bor homilador ayollar: uchtadan ko‘p bo‘lgan 22 haftagacha homila tushgan holatlar anamnezda kuzatilgan homilador ayollar;  ikkitadan ko‘p bo‘lgan 22 haftadan katta erta tug‘ish holatlar (perinatal yuqotishlar bilan) anamnezda kuzatilgan homilador ayollar; anamnezida  ikkita va undan ko‘p kasal/nogiron tug‘ilgan chaqaloqlar bor homilador ayollar.

8. Qon va qon yaratuvchi a’zolar kasalliklari: kamqonlikning og‘ir shakli (gemoglobin 70 g/l va undan kam) tug‘ma va ortirilgan trombositopatiyalar va b.

9. Biriktiruvchi to‘qimalar tizimli kasalliklari (kollagenoz): tizimli qizil yugurik, poliarteriit, sklerodermiya, gemorragik vaskulit, Bexterev kasalligi.

10. Ko‘krak qafasida, qorin bo‘shlig‘ida, kichik chanoq bo‘shlig‘ida (o‘pka, buyrak,jigar, siydik pufagi, siydik yullari, qora taloq, ingichka va tug‘ri ichak, chanok suyaklarida) rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti o‘tqazilgan homilador ayollar. 

11. Kuz kasalliklari: glaukoma.

12. 18 yoshgacha o‘smir qizlar (homiladorlar)

13. Turli yomon sifatli va chegaradosh o‘sma kasalliklari bor homilador ayollar

14. Tuberkulyoz (sil) bilan homilador ayollar

15. Surunkali va uzoq kechuvchi ruhiy buzilishlar bilan kasallangan homilador ayollar

Kasalliklar to‘liq ro‘yxati bilan loyihada tanishish mumkin.

Kiritildi: 05:24 19.07.2019. O'qildi: 2661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!