Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Davlat boshqaruvi organlari kosmik suratlar bilan ta’minlanadi

Davlat boshqaruvi organlari kosmik suratlar bilan ta’minlanadi

“Kosmik tarmoqni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–429-son, 23.11.2022 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruvi organlarini kosmik suratlar bilan ta’minlash, shuningdek, kosmik texnologiyalarni qo‘llash orqali ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

🗓 2023 yil 1 fevralgacha davlat kosmik monitoringi o‘tkaziladigan sohalarga oid davlat kadastrlari ma’lumotlari “Elektron hukumat”ning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali taqdim etish bo‘yicha o‘zaro integrasiya qilinadi.

✅ Qarorga ko‘ra shuningdek, O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi mobil qurilmalar va terminallarni ro‘yxatga olish tartibi ishlab chiqiladi.

Kiritildi: 14:34 24.11.2022. O'qildi: 1747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!