Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Daraxtdan yiqilgan bolakay vafot etdi. Tergovchilar qotillik deb o‘ylamoqda

Daraxtdan yiqilgan bolakay vafot etdi. Tergovchilar qotillik deb o‘ylamoqda

Volgograd viloyatida yosh bolaning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov organlari bolaning ota-onasi aytganidek daraxtdan yiqilib o‘lishi mumkin emasligini taxmin qilmoqda.

Volgograd viloyatining markaziy kasalxonasida, 14 iyun kuni kechqurun, shu kuni ertalab boshidan jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan besh yashar bola vafot etdi.

Marhumning 44 yoshli o‘gay onasi aytganidek, taxminan bir hafta oldin bola daraxtdan boshi bilan yiqilgan. 14 iyun kuni ertalab, uning so‘zlariga ko‘ra, bolaning ahvoli yomonlashdi va er-xotin shifokorlardan yordam so‘rashga qaror qilishdi.

Biroq, tergovchilar tergovning dastlabki bosqichida oilaning qarindoshlari va qo‘shnilari bilan suhbatlashib, bolakay boshqa shaxslarning harakatlaridan ham o‘limga olib keladigan jarohatni olishi mumkinligini aniqladilar.

Volgograd viloyati Tergov boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, voyaga yetmagan bolaning o‘limi yuzasidan "Tanaga og‘ir shikast yetkazish, natijada jabrlanuvchining ehtiyotsizlik tufayli o‘limiga sabab bo‘lish" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 23:49 15.06.2021. O'qildi: 2941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!