Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Daniyalik futbolchi Kristian Eriksonning yuragi to‘xtab qolgani ma’lum bo‘ldi

Daniyalik futbolchi Kristian Eriksonning yuragi to‘xtab qolgani ma’lum bo‘ldi

Daniyalik yarimhimoyachi Kristian Eriksenning Yevro-2020da Finlyandiyaga qarshi o‘yin paytida yuragi to‘xtab qoldi. Bu haqda RIA Novosti futbol bo‘yicha Daniya terma jamoasi murabbiyi Kasper Yulmannga asoslanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu voqeadan keyin jamoa futbolchilari karaxt holatga tushib qolishgan. Murabbiylar shtabi Belgiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda futbolchilarni formaga keltirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda.

«Futbolchilar nima bo‘lganini bilishmasdi, ehtimol ular eng yaqin do‘stini yo‘qotib qo‘yishgandek edi. Nazarimda, biz o‘ynamasligimiz kerak edi, ammo qaror qabul qilish qiyin edi. Balki biz avtobusga chiqib stadionni tark etishimiz kerakmidi», - deb o‘ylaydi murabbiy.

Avvalroq Sankt-Peterburg kasalxonasiga yotqizilgan Eriksenning ahvoli barqarorligicha qolayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 21:17 13.06.2021. O'qildi: 3919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!