Daniya polisiyasi Kyoge shahridagi port osmoni uzra noma’lum dronlar aniqlangani haqidagi xabarni o‘rganmoqda. Hodisa 3 yanvar kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan patrul port ustida to‘rtta dronni qayd etgan. Polisiyani chaqirgan guvohning so‘zlariga ko‘ra, havoda jami 20 ga yaqin dron bo‘lgan.
"Dronlarning kimga tegishli ekanligi va ularning yo‘nalishi hozircha noma’lum. Ushbu hududda dron uchirish uchun hech qanday ruxsat berilmagan", deb ma’lum qildi Daniya polisiyasi.