Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Daniya F-35 qiruvchilari sonini 15 taga yetkazdi. AQShdan yana 4 ta samolyot qabul qilib olindi

Daniya F-35 qiruvchilari sonini 15 taga yetkazdi. AQShdan yana 4 ta samolyot qabul qilib olindi

Daniya qurolli kuchlari AQShdan to‘rtta yangi F-35 qiruvchi samolyotini qabul qilib oldi va o‘zining samolyotlar sonini 15 taga yetkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi saytida ma’lum qilindi.

2023 yil iyun oyida Daniya radiosi Mudofaa vazirligiga tayanib, mamlakat Harbiy-havo kuchlari F-16 qiruvchi samolyotlari parkini F-35 bilan rejalashtirilganidan ikki yil oldin (2027 yil o‘rniga 2025 yilda) almashtirishi, bu esa F-16 samolyotlarini Ukrainaga topshirishni tezlashtirishini xabar qilgan edi.

“Kecha to‘rtta yangi F-35 samolyoti rejalashtirilganidek Skrudstrup aerodromiga qo‘ndi”, deyiladi vazirlik saytidagi matbuot xabarida.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kopengagen AQShdan jami 27 ta F-35 qiruvchi samolyotiga buyurtma bergan, ulardan 15 tasi allaqachon Daniyaga olib kelingan, yana oltitasi AQShda qolmoqda. Qolgan oltita qiruvchi samolyot esa 2026 yil oxirigacha yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 10:55 17.05.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!