Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Danfoss Markaziy Osiyodagi mijozlariga yaqinlashmoqda

Danfoss Markaziy Osiyodagi mijozlariga yaqinlashmoqda

Danfoss’ning shu yil boshida Rossiya va Belorussiyani tark etishi e’lon qilinganidan so‘ng, ushbu yetakchi global texnologiya provayderi Markaziy Osiyodagi barcha operasiyalarini (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va Armaniston) Qozog‘istonga ko‘chirdi.

Mazkur davlatlar tashkiliy jihatdan Markaziy Osiyoning (CAU) mustaqil bo‘linmasi sifatida Danfoss Turkiya, Yaqin Sharq va Afrika (TMA) mintaqasining bir qismidir. Bu kompaniya uchun strategik qadamdir, chunki savdo, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va texnik guruhlar ayni paytda Qozog‘istonda joylashgan. Ushbu strategiya ko‘p millatli Daniya kompaniyasiga o‘z mijozlariga yanada samarali va tezroq yordam berishga imkon beradi.

Bunday strategiya ko‘p millatli Daniya kompaniyasiga o‘z mijozlariga qisqa muddatda samarali yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

"Danfoss’da biz o‘z mijozlarimizning fikrini tinglaymiz va ularning faoliyatida yenergiya samaradorligini oshirish va dekarbonizasiyaga yerishish uchun tinmsiz ishlaymiz. Bizning Qozog‘istondagi texnik guruhimiz bizning barcha mijozlarimiz uchun yelektr simlari, iqlim o‘zgarishlari, yuqori bosimli nasoslar va sensor yechimlar borasida uzluksiz ish bilan ta’minlab, yuqori ishonch bildiradi", — deydi TMAning hududiy prezidenti Ziyad Al Bavaliz.

Markaziy Osiyoning muhandislik sohasidagi istiqbollari

Dunyoda urbanizasiya, raqamlashtirish, yelektrlashtirish va iqlim o‘zgarishi faqat kuchayishda davom yetayotgan bir paytda barqarorlik va dekarbonizasiya butun dunyo bo‘ylab markaziy o‘rinni egallaydi. Bu bevosita Danfoss kompaniyasining butun dunyo va Markaziy Osiyoda yashil iqtisodiyotga o‘tishda mijozlari uchun yetakchi texnologiya hamkori bo‘lishga sodiqligini ko‘rsatadi.

Xalqaro energetika agentligi (IYEA) ma’lumotlariga ko‘ra, energiya samaradorligi xalqaro iqlim va energiya maqsadlarini to‘liq qondirish uchun zarur bo‘lgan energiya bilan bog‘liq emissiyalarni kamaytirishning 40% dan ortig‘ini ta’minlaydi.

Yaxshi xabar shundaki, bizda bugun yechimlar bor. Danfoss mashina ishlash samardorligini oshiradigan, chiqindilarni, energiya sarfini kamaytiradigan va elektrlashtirishni ta’minlaydigan yechimlarni ishlab chiqadi.

“Barqarorlik Danfoss biznesiga qo‘shimcha emas. Barqarorlik – bu bizning biznesimiz va biz Markaziy Osiyodagi mijozlarimiz dekarbonizasiyani oqilona va tejamkor tarzda qo‘llab-quvvatlashlarini va o‘z faoliyatlarida uglerod neytralligiga erishishlarini istaymiz”, — ta’kidladi Zayed.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

Martina Pozgay,

Marketing kommunikasiyalari bo‘yicha katta mutaxassis.

Turkiya, Yaqin Sharq va Afrika

Danfoss FZCO

Mob:+971 52-9823929

Elektron pochta: martina.pozgaj@danfoss.com

Danfoss haqida

Danfoss mashina ishlash samardorligini oshiradigan, chiqindilarni, energiya sarfini kamaytiradigan va elektrlashtirishni ta’minlaydigan yechimlarni ishlab chiqadi.

Bizning yechimlarimiz sovutish, kondisionerlik, isitish, quvvatni o‘zgartirish, motorni boshqarish, sanoat uskunalari, avtomobil, dengiz va off-road uskunalari kabi sohalarda qo‘llaniladi. Shuningdek, biz quyosh va shamol energiyasi kabi qayta tiklanadigan energiya manbalari, shaharlar va tumanlarning energiya infratuzilmasi uchun yechimlarni taklif etamiz.

Biz mijozlarimiz uchun global texnologiya hamkori sifatida dunyoda yetakchi mavqeli, chuqur amaliy bilim va asosiy biznes sohalarimizda barqaror innovasiyalarga ega bo‘lgan qiymatni yaratamiz:

Danfoss Power Solutions - Mobil va sanoat gidravlikasi, suyuqliklarni qayta ishlash, yelektrlashtirish va dasturiy ta’minot uchun to‘liq yechimdir.

Danfoss Climate Solutions – binolar, sovuq zanjirlar, sanoat va infratuzilma uchun barqaror isitish va sovutish yechimlaridir.

Danfoss simlari – O‘zgaruvchan tok simlari, yarimo‘tkazgichlar moduli va avtomobilsozlikda hamda sanoatning turli yo‘nalishlarida ekologik toza energetik yechimlardir.

1933 yildan beri biz innovasion ishlanmalarimizni taqdim etamiz. Danfoss - oilaviy kompaniya bo‘lib, unda 40 000 nafardan ortiq odam ishlaydi. Biz 100 tadan ortiq davlatlarda 95 ta zavod yordamida butun dunyo bo‘ylab mijozlarimizga xizmat ko‘rsatamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot bu yerda: Danfoss — energoyeffektivnie i innovasionnie resheniya dlya vashey otrasli | Danfoss

Kiritildi: 17:30 24.10.2022. O'qildi: 2928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!