Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dana Uayt Saudiya Arabistonidagi ilk UFC turnirining asosiy jangi ishtirokchilari nomini aytdi

Dana Uayt Saudiya Arabistonidagi ilk UFC turnirining asosiy jangi ishtirokchilari nomini aytdi

UFC prezidenti Dana Uayt Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night musobaqasining asosiy jangidagi jangchilar nomini e’lon qildi.

Ular o‘rta vazn toifasida UFC rasmiy reytingida 11-o‘rinni egallab turgan rossiyaviy jangchi Hamzat Chimaev va UFC o‘rta vazn sobiq chempioni Robert Uittaker.

“22 iyun, shanba kuni biz Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketamiz. Qirollikdagi birinchi jangimiz ABC telekanalida jonli va bepul efirga uzatiladigan jangi bo‘ladi. Asosiy jang esa o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempion Robert Uittaker va hozirgacha mag‘lub bo‘lmagan (13:0) Hamzat Chimaev o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng biz o‘rta vazn toifasida UFC chempionligiga kim birinchi raqamli da’vogar bo‘lishini bilib olamiz”, — dedi Uayt UFC rasmiy ijtimoiy tarmog‘iga joylangan videoda.

Saudiya Arabistonidagi ilk UFC Fight Night turniri 2024 yil 22 iyun kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:46 28.03.2024. O'qildi: 482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!