Damashq aeroportida xalqaro parvozlar 7 yanvardan tiklanadi.
Bu haqda Suriya fuqaro aviasiyasi boshqarmasi rahbari Ashhad as-Sulaybiy ma’lum qilgan.
"2025 yil 7 yanvardan Damashq aeroportida xalqaro reyslar boshlanganini e’lon qilamiz”, dedi u.
Shu bilan birga, Al-Sulaybiy aeroport qaysi aviakompaniyalar reyslarni qabul qilishiga aniqlik kiritmagan.
"Arab va boshqa xorijiy aviakompaniyalarni ishontirib aytamanki, biz hamkorlarimiz yordamida Damashq va Aleppo aeroportlarini to‘liq tiklash ustida ishlayapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
2024 yil oxirida Damashq aeroporti ichki reyslarni qayta tikladi.