Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dahshat! Toshkentda jurnalist ayol shifokor qabuliga onlayn yozildi. Ammo u shifokor o‘lgan ekan (VIDEO)

Dahshat! Toshkentda jurnalist ayol shifokor qabuliga onlayn yozildi. Ammo u shifokor o‘lgan ekan (VIDEO)

Toshkentda "Mening yurtim" jurnalisti juda g‘alati voqeaga duch keldi.

"Markaziy studiya" dasturida ma’lum qilinishicha, jurnalist reg.ssv.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tekshiruv markazi shifokori qabuliga yozilgan. Unga ko‘ra, jurnalist soat 10:00 da shifokor qabuliga kirishi kerak. Ammo...

Jurnalist shifoxonaga kelganidayoq dastlabki tushunmovchilikka duch keladi. Ya’ni unga navbatda turib ro‘yxatdan o‘tishi kerakligini aytishadi. Vaholanki, u soat 10:00 da qabulga yozilgan, bunga esa 5 daqiqacha vaqt qolgan. Xayriyatki, jurnalistning operatorlar bilan birga kelgani va holat s’yomka qilinayotganini ko‘rgan mas’ullar uning muammosini hal qilishadi. Lekin...

Jurnalist qo‘lidagi ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi talon bilan (reg.ssv.uz sayti ro‘yxatdan o‘tganligi haqida talon ham bergan) o‘zi uchrashishi kerak bo‘lgan shifokor oldiga boradi. Ammo unga u shifokor vafot etganini aytishadi. Ya’ni jurnalist o‘lgan shifokorning qabuliga yozilgan.

Hamma sharmandalik ana shundan keyin ma’lum bo‘ladi. Ya’ni reg.ssv.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishdan hech bir shifokorning xabari yo‘q. Hech kim bu haqda bilmaydi. Chunki bu kasalxona tizimiga ulanmagan, shunchaki hisobot uchun xo‘jako‘rsinga qilingan.

Eng qizig‘i, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbdari o‘rinbosari Muattar Abdullayeva jurnalistning reg.ssv.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish tizimi ishlayaptimi, degan savoliga hech ikkilanmay ha, deya javob qaytardi. Vaholanki...

Ta’kidlash kerakki, bungacha kim qancha odam ayni jurnalistning ahvoliga tushgandir. Ammo ko‘pchilik indamay yana boriga ko‘nib ketavergan. Tashqaridan qaraganda sayt binoyidek ishlayapti. Ammo asl vaziyatni yuqoridagi videoda ko‘rdingiz.

Bu holatga mas’ullardan izoh kutib qolamiz.

Kiritildi: 11:29 26.08.2022. O'qildi: 7494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!