Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshat! Sirdaryoda erkak kishining jasadi topildi. U to‘liq yonib ketgan

Dahshat! Sirdaryoda erkak kishining jasadi topildi. U to‘liq yonib ketgan

«Sirdaryo Xabarlari»ga ishonchli manbalari tomonidan xabar berilishicha, ushbu dahshatli qotillik Mirzaobod tumani hududida sodir bo‘lgan.

Tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, katta ehtimol bilan o‘rta yoshlardagi erkak kishining 100% kuygan — yoqib yuborilgan jasadi kuni kecha 28-may kuni kunduzi (tushdan keyin) Mirzaobod tumani hududidagi dalalardan birida topilgan. Yana bir ishonchli manbaning ta’kidlashicha, jasad yonida oq rangli «Kobalt» avtomobili ham topilgan bo‘lib, avtomobilga shikast yetkazilmagan («Sirdaryo Xabarlari»ga avtomobilning davlat raqami ma’lum emas, taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra avtomobil davlat raqami Toshkent viloyati hududiga tegishli bo‘lgan).

Ma’lumot o‘rnida, mazkur qotillik bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan shu vaqtga qadar hali rasmiy ma’lumot berilmadi.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda...

Kiritildi: 22:14 29.05.2021. O'qildi: 4850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!