Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Dahshat! Sirdaryoda ayol kishining yoqib yuborilgan jasadi topildi. 5 kishi qo‘lga olindi

Dahshat! Sirdaryoda ayol kishining yoqib yuborilgan jasadi topildi. 5 kishi qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati Mirzaobod tumani sodir bo‘lgan mudxish qotillik haqida xabar berdi.

Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 13:50da Mirzaobod tumani, Dehqonobod MFY hududidagi dala maydoni chetidagi jing‘il butalari orasidan ayol jinsiga mansub, yoqib yuborilgan holdagi jasadi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, noma’lum murdaning shaxsiga aniqlik kiritilib, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslar S.K. hamda uning jinoiy sheriklari L.K, S.M, V.D va J.Mlar ekanligi aniqlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:55 14.09.2021. O'qildi: 6272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!