Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshat! Shifokorlarning aybi bilan koronavirusga chalingan qiz qiynoqlarda vafot etdi

Dahshat! Shifokorlarning aybi bilan koronavirusga chalingan qiz qiynoqlarda vafot etdi

AQShda COVID-19ga chalingan talaba shifokorlar uni bir necha bor koronavirus uchun tekshirishdan bosh tortganlaridan so‘ng vafot etdi.

Bu haqda The Detroit News xabar berdi.

Voqea Michigan shtatining Detroyt shahrida yuz berdi. 25 yoshli Bessi Offiongning singlisining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, opasi bir muncha vaqt isitma, holsizlik va nafas qisilishidan azob chekkan, bir necha bor koronavirus testini o‘tkazish uchun shifokorlarga murojaat qilgan, ammo ular bundan bosh tortishgan va qizga bronxit tashxisini qo‘yishgan.

Ko‘p o‘tmay, talaba qizning ahvoli yomonlashgan va reanimasiyaga o‘tkazilgan. Bir hafta davomida sun’iy nafas oldirish qurilmasiga ulangan holda hayot uchun kurashgan qiz, afsuski, vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan so‘nggina Bessida koronavirus borligi aniqlangan.

Kiritildi: 20:35 01.04.2020. O'qildi: 7886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!