Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Dahshat! Shahnoza Abdurazzoqova qaynotasi tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi

Dahshat! Shahnoza Abdurazzoqova qaynotasi tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi

Tojikistonning Xovaling tuman sudi Safar Nosirovni 13 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Hukm oyning boshida chiqarilgan bo‘lib, qonuniy kuchga endi kirdi.

Xovaling tumanidagi Sadbargo qishlog‘ida yashovchi Safar Nosirov mahkamada 28 yoshli kelinini bo‘g‘ib o‘ldirganini tan oldi. Voqea 18 may kuni oddiy janjal tufayli sodir etilgan. Qayd etilishicha, marhuma Shahnoza Abdurazzoqova qaynotasi tomonidan yasalgan go‘ng “piramida”sini tasodifan buzib qo‘ygan.

Safar Nosirov sudga kelinining “piramida”ni tiklashni istamaganligini, bu esa uni qattiq g‘azablantirganini aytgan. Mahkumning so‘zlariga ko‘ra, Shahnoza oldinroq ham oila boshlig‘ining talablarini bajarishdan bosh tortgan va u bilan doimiy bahslashgan.

“Shahnoza Abdurazzoqova o‘ldirilgan paytda ikkinchi farzandiga homilador bo‘lgan”, deya xabar berdi shifokorlar. Fojiadan so‘ng uning yagona qizi Shahnozaning Voze tumanidagi Osmonbika qishlog‘ida yashovchi qarindoshlariga topshirilgan.

Marhuma Shahnoza Abdurazzoqovaning eri esa bu paytda ancha uzoqda bo‘lganligi bois fojianing oldini ololmagan. Uning ta’kidlashicha, otasi va xotinining o‘rtasida avvallari ham janjallar bo‘lib turgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Safar Nosirov fermerlik bilan shug‘ullangan, 90-yillarda firibgarlikda ayblanib, uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

 

Kiritildi: 14:08 19.10.2018. O'qildi: 5928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!