Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshat! Qotil arilar 8 yoshli qizchani o‘ldirdi

Dahshat! Qotil arilar 8 yoshli qizchani o‘ldirdi

Avvalroq qotil gigant shoxlilar deb atalayotgan zaharli arilar paydo bo‘lgani haqida xabar bergandik.

"Daily Mail"ning yozishicha, Malayziyada shunday arilardan biri sakkiz yoshli qizchani chaqib o‘ldirdi.

Ari buta yonida o‘ynab yurgan bolalarga hujum qildi. Bolakaylar arining uyasini topishgandi. Arilar hujum qilganida qizning do‘stlari qochib ketishdi, qizaloq esa qochishga ulgurmadi. Natijada "qotil gigant shoxli" qizchani 65 marta chaqqan.

Qizning ukasi ham arilar hujumidan yaralangan bo‘lib, onasiga nima bo‘lganini aytib berdi. Ayol qizi va o‘g‘lini kasalxonaga olib ketdi. Ammo shifokorlar qizga yordam bera olishmadi: u o‘sha kecha vafot etdi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, o‘lim sababi — arining uzun shoxlari ichki organlarni shikastlagan.

Kiritildi: 12:47 04.06.2020. O'qildi: 6839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!